Ammo Ispaniya janubidagi qishloq xo'jaligi hududlari tarixiy qurg'oqchilikdan aziyat chekmoqda: o'rtacha yillik yuqori harorat sharoitida bu hududlarda uch yildan ortiq vaqt davomida deyarli bir tomchi ham yomg'ir yog'magan.
Yomg'irning yetishmasligi janubiy Andalusiya, Ekstremadura, Mursiya va Kastiliya-La-Mancha provintsiyalarida 3,5 million gektardan ortiq maydonda qaytarib bo'lmaydigan yo'qotishlarga olib keldi va don ekinlari nobud bo'ldi.
Ispaniya hukumati Bryusseldan fermerlarga yordam berish uchun favqulodda mablag'larni yo'naltirishni so'radi.
Italiyada global isish mamlakatdagi eng katta – Po daryosi sathining pasayishiga olib keldi. Uning sathi o'tgan yozdagi kabi pastladi, bu so'nggi 30 yil davomidagi eng yuqori ko'rsatkichdir, deb xabar beradi euronews.com.