Ispaniyada buqalar bilan poyganing uchinchi kuni to'rt kishining jarohatlanishi bilan yakunlandi

    Yakshanba kuni Ispaniyaning Pamplona shahrida (Navarra avtonom viloyati) San-Fermin festivalining uchinchi kunida buqalar hujumidan to'rt kishi jarohat oldi.

    Bir kishini buqa shoxladi, yana uch nafar odam yengil jarohatlar bilan qutulib qoldi. Jarohatlanganlar orasida AQSh fuqarosi ham bor.

    Navarraning homiysi bo'lgan Avliyo Fermin sharafiga o'tkazilgan festival payshanba kuni Pamplonada boshlandi va bir hafta davom etadi. U o'zining buqalar bilan poygasi bilan mashhur. Unda buqalar qo'radan qo'yib yuboriladi hamda tor ko'cha bo'ylab bir necha daqiqa davomida yuzlab odamlar ortidan quvadi, deb xabar beradi mir24.tv.