Ispaniyada suv toshqini qurbonlari soni 158 nafarga yetdi

    Ispaniyada suv toshqini qurbonlari soni 158 kishiga yetdi. Bu haqda EFE agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berdi.

    Tabiiy ofat tufayli Valensiyada 155 nafar kishi halok bo'ldi, qutqaruvchilar vayronalar ostidan yoki suv bosgan xonalarda odamlarning jasadlarini topmoqda. Yana ikki kishi Kastiliya-La-Manchada, bir kishi Andalusiyada vafot etdi.

    Shunday qilib, yomg'ir va bo'ronlarni olib kelgan “Dana” hodisasi Ispaniyada kamida so'nggi o'n yilliklarda sodir bo'lgan eng halokatli tabiiy ofatlardan biriga aylandi, deb xabar beradi rg.ru.