Ispaniyada Xuan Karlos I ga qarshi da'vo arizasi kiritildi

    Ispaniyaning sobiq sudyalari va prokurorlari Xuan Karlos I ni beshta soliq jinoyati bo'yicha aybdorligi bo'yicha oliy sudga unga qarshiga qo'shma da'vo qo'zg'atdi.

    Bu haqda RTVE teleradiokompaniyasi ma'lum qildi.

    Arizachilarning ta'kidlashicha, sobiq davlat rahbarining 2014-2018-yillar oralig'idagi to'lovlar bo'yicha soliq bilan bog'liq vaziyatni hal qilishga urinishlari qonun talablariga to'g'ri kelmaydi, chunki bu Xuan Karlos I tergov haqida xabardor qilinganidan keyin amalga oshirilgan. Jumladan, faxriy qirol avvalroq 600 ming yevrodan ortiq va yana 4,4 million yevro miqdoridagi soliqlarni qaytargan.

    2020-yil avgust oyida Xuan Karlos I o'z o'g'li qirol Filipp VI ni janjal fonida mamlakatni tark etish qarori haqida xabardor qilgani ma'lum bo'ldi. O'shandan beri u BAAda yashaydi. 2022-yil mart oyida Ispaniya prokuraturasi tergov yopilganini e'lon qilgandi, deb xabar beradi report.az.