Ispaniyalik Vens Palau Fernandes eng katta mobil telefonlar kolleksiyasi egasi sifatida rekord o'rnatdi

    Ispaniyalik Vens Palau Fernandes 3615 ta noyob modeldan iborat eng katta mobil telefonlar kolleksiyasini to'plab, yangi rekord o'rnatdi.

    Shu tufayli u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. To'plam Barselona aholisiga eng ko'p yoqadigan Nokia gajetlaridan iborat.

    Avvalgi rekord 2023-yilda 3456 ta telefon to'plagan ruminiyalikga tegishli edi. Vens o'zining birinchi mobil qurilmasini 1999-yilda Rojdestvo bayramida oldi, bu – kulrang Nokia 3210 bo'lib, shundan so'ng u ushbu brendga qiziqib qoldi.

    2008-yilda u mavjud bo'lgan har bir Nokia modelini yig'ishga qaror qildi va 2018-yilga kelib uning kolleksiyasidan 700 ta turli telefonlar joy oldi. Biroq, yangi modellarni topish tobora qiyinlashdi va Vens o'z kolleksiyasiga Siemens, Motorola, Blackberry va Apple kabi boshqa brendlarning telefonlarini qo'shishni boshladi.

    Shunga qaramay, nodir Nokia modellari uning kolleksiyasida alohida o'rin tutadi, deb xabar beradi korrespondent.net.