Yaqin kunlarda mamlakat harbiy chaqiriqqa oid 60 mingga yaqin xabarnomalarni yuborishi kutilmoqda, deb yozadi The Jerusalem Post.

Defrinning so'zlariga ko'ra, Isroil qo'shinlari allaqachon G'azoning chekka hududlarini nazorat qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, harbiylar tinch aholini xavfsiz evakuatsiya qilish va ularga zarur tibbiy yordam ko'rsatishga harakat qilmoqda.

Avvalroq Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning maslahatchisi Dmitriy Gendel`man hukumat rahbari HAMAS terrorchilarining qolgan pozitsiyalarini imkon qadar tezroq zararsizlantirish va ularning kuchlarini to'liq yo'q qilish maqsadida operatsiyani tezlashtirishni buyurgani haqida xabar bergan edi. Mojaroga barham berish uchun jumladan HAMASni to'liq qurolsizlantirish, garovga olinganlarni qaytarish va G'azoni qurolsizlantirish kabi beshta asosiy tamoyil belgilandi, deb xabar berdi uz.kursiv.media.

Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats operatsiya “Gideon aravasi-2” deb nomlanganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, u bitkazilgandan so'ng shahar “o'zgaradi va hech qachon avvalgidek bo'lmaydi”.