Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiy-siyosiy mahkamaga G'azo sektorini annekciya qilish rejasini taqdim qilmoqchi, deb xabar berdi Isroilning Haaretz gazetasi, 29-iyul, seshanba kuni manbalarga tayanib. Isroil Falastinning HAMAS radikal harakatiga o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lishi uchun bir necha kun muhlat berayotganini e'lon qiladi, agar u rad etsa, Falastin hududlarini bosqichma-bosqich anneksiya qilishni boshlaydi, deb yozadi gazeta.
Haaretz manbalariga ko'ra, avval bufer zonadagi hududlar, so'ngra G'azo sektorining shimoliy qismidagi Isroilning Sderot va Ashkelon shaharlariga tutash hududlari anneksiya qilinadi. Jarayon butun mintaqa anneksiya qilinmaguncha davom etadi. Netanyaxu vazirlarga AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'muriyati rejani qo'llab-quvvatlayotganini aytdi, deb yozadi Haaretz.
Gazeta manbalarining bildirishicha, Isroil moliya vaziri, o'ta o'ng siyosatchi Betsalel Smotrich G'azoni anneksiya qilish rejasi amalga oshirilsa, Netanyaxuga hukumatda qolishga va'da bergan. Avvalroq Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir agar hukumat G'azo sektorida HAMAS butunlay yo'q qilinmaguncha o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lsa, iste'foga chiqish va hukmron koalitsiyani tarqatish bilan tahdid qilgan edi, deb xabar beradi dw.com.