Bu haqda yahudiy davlati harbiy boshqarmasi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, gap minomyot o'q-dorilari, dronlar va har xil turdagi raketalarga qarshi yerdan kuchli lazerli havo mudofaa tizimi haqida bormoqda. Uning asosiy ishlab chiquvchilari Rafael Advanced Defense Systems va Elbit Systems hisoblanadi, deb xabar beradi oxu.az.

“Temir nur” jahon darajasidagi texnologik yutuqdir. Uning hayratlanarli tutib olish qobiliyati bir qator tajribalarda isbotlangan. Tizim “Temir gumbaz”ga qo'shimcha sifatida ko'p qatlamli mudofaa tizimiga birlashtiriladi, deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi bosh direktori Eyal Zamirning aytishicha, lazerli havo hujumidan mudofaa tizimining birinchi yer usti qurilmalari 2025-yilda yetib keladi. “Ushbu kelishuv yangi – lazerli mudofaa tizimi davri bo'ladi”, dedi u.