Videokonferentsiyada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari S.Berdiqulov, qo'mita mas'ul xodimlari, O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi mas'ul xodimi M.Ibodullaev va Isroilning «LR Group» hamda «Agrotec» kompaniyalari ekspertlari ishtirok etdi.
Tadbirda Isroilning chorvachilikka ixtisoslashgan kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, sohada qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Videomuloqotda O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish, jumladan, naslli qoramollarni etishtirish, «O'znaslchilik» davlat unitar korxonasida parvarishlanayotgan chorva mollari zotlari, genetik materiallarni ishlab chiqarish va saqlash bo'yicha ishlar haqida ma'lumot berildi.
Tadbirda naslli qoramollarni ko'paytirish va bu borada o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
«LR Group» kompaniyasi loyiha menejeri O'zbekistonda naslli qoramollar genetik mahsulotlarini etishtirish bo'yicha Isroil – O'zbekiston qo'shma genetika markazini tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.
SHuningdek, O'zbekistonda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan fermer xo'jaliklari va chorvadorlar uchun subsidiyalar ajratishga doir muhim o'zgarishlar Isroil ekspertlarida katta qiziqish uyg'otdi.
Tadbir yakunida sohadagi yangiliklar bo'yicha axborot almashishni davom ettirishga kelishib olindi.