Isroil Livanda o't ochishni to'xtatish uchun “Hizbulloh”ga shart qo'ydi

    Isroil, Livan janubida o't ochishni to'xtatish sharti sifatida “Hizbulloh”dan qurollarini tashlab, kuchlarini ikki davlat chegarasidan shimolga olib chiqishni talab qilmoqda.

    Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib Al Arabia telekanali xabar berdi.

    “Isroil Livanda o't ochishni to'xtatish evaziga “Hizbulloh”dan qurollarini tashlab, Litani daryosi shimolidan chekinishni talab qilmoqda”, deydi suhbatdoshlardan biri.

    Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Bayrutning janubiy chekkasidagi Xaret Xreyk va Xadas hududlarida joylashgan bir necha binolar aholisini zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirgan edi, deb xabar beradi report.az.