Bu haqda Saudiya Arabistoni koʻngilochar departamenti boshqarmasi raisi Turki al ash Shayx maʼlum qildi.

“Biz Ortis uchun uch nafar eng yaxshi raqiblarni tanladik. Agar Krouford jang qilishni istamasa, Virjil uchun uch nafar ideal raqiblar bor. Birinchisi - Isroil Madrimov! U bu jangga haqli. Ikkinchisi esa Jeyron Ennis, u xam bu jangga xaqdor. Keyingisi Tim Szyu, lekin men Szyu bilan ishlashni xohlamayman. U menga oʻrtamizda nima boʻlganini tushuntirib berishi kerak. Bu aniq unga yoʻllangan xabar”, dedi al ash Shayx.