Unga oʻsha turnirda ukrainalik Sergey Bogachuk raqib boʻladi. Ayni paytda tomonlar jang boʻyicha muzokaralarga kirishgani maʼlum qilindi.
Bu haqida boks insayderi Fernando Sabatini oʻzining Tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, Madrimov (10-1-1) oʻzining soʻnggi jangini 4-avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra magʻlub boʻlgandi.
Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa oʻzining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergan edi.