Isroil o'z qo'shinlari Damashq tomon harakatlanayotganini inkor etib, maqsadi chegarani qo'riqlash va qurol-yarog'ning jangarilar qo'liga tushib qolmasligini ta'minlash ekanini aytdi.
Isroil “strategik tahdidlarni bartaraf etish” boyicha keng ko'lamli kampaniya doirasida Suriya harbiy-dengiz kuchlarini raketalar bilan yo'q qildi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats Hayfadagi harbiy-dengiz bazasiga tashrifi chog'ida.
So'nggi kunlarda poytaxt Damashq, shuningdek, Latakiya bandargohi Isroil havo hujumlari nishoniga aylandi. “Suriya inson huquqlari monitoringi” (OSDH) nohukumat tashkilotiga ko'ra, Bashar Asad yakshanba kuni qochib ketganidan beri Isroil 300 dan ortiq havo hujumini amalga oshirdi.
BMT Suriyada “asosiy harbiy obyektlarni vayron qilgan” Isroilni mazkur mamlakatda “zarbalar va qo'shinlari harakati”ni to'xtatishga chaqirdi, deb xabar beradi ru.euronews.com.