Isroilda 10 ming nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilindi

    O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarimizni Isroildagi yordamga muhtoj, yarador, bedarak yo‘qolgan va majburan hibsga olingan fuqarolarimiz haqida xabar berishga chaqirdi:

    "Isroil Davlatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

    Isroil hududida yordamga muhtoj, jabr ko‘rgan, bedarak yo‘qolgan va majburiy ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaat qilishingizni va xabar berishingizni so‘raymiz.

    Murojaat uchun telefon raqamlar: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076”, — deyiladi mamlakatimiz diplomatik missiyasi murojaatida.

    Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilda 10 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.