Eron va Isroil oʻrtasidagi raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasi fuqarolardan tezkor ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qildi.

Unga koʻra,

1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
2. Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

Favqulodda yordam telefonlari :

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Maʼlumot uchun, 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eron hududiga zarba bergan edi. Isroil ham Tehronning javob zarbalarini kutgan holda favqulodda holat eʼlon qildi.