Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil Davlatida bo‘lib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

    Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar qildi.

    Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qiladi:

    1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.

    2. Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

    3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring.

    Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

    Favqulodda yordam telefonlari: 03-672-2466; 03-672-2371; 03-758-5075; 03-758-5076

    Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397

    Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz