Elchixona barcha vatandoshlarni Isroil Front orti qoʻmondonligi tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.
Murojaatda fuqarolarga himoyalangan joylarga yaqin hududda boʻlish, havo hujumi haqida signal yoki sirena yangraganda zudlik bilan panoh joyiga kirish hamda rasmiy ruxsat berilmaguncha uni tark etmaslik tavsiya etilgan.
Shuningdek, rasmiy xabarlar va favqulodda koʻrsatmalarni muntazam kuzatib borish zarurligi taʼkidlangan.