Isroilning havo hujumlari oqibatida Livanda bir kun ichida 46 kishi halok bo'ldi

    Livan Sog'liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni Isroilning Bayrut va mamlakat sharqidagi Baalbek shahriga, shuningdek janubdagi Nabatiya, Sayda va Tir viloyatlariga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida qurbon bo'lganlar haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

    X (oldingiTwitter) orqali xabar berilishicha, halok bo'lganlar soni 46 kishi va yaralanganlar soni 85 nafarga yetgan.

    2-oktabr kuni 55 kishi halok bo'ldi, 156 kishi yaralandi, 1-oktabrda 95 livanlik Isroilning hujumi qurboni bo'ldi, 172 kishi yaralandi, deb xabar beradi tass.ru.