Isroil ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan xabarga koʻra, ushbu mamlakatning Oʻzbekiston, Finlyandiya va Eritreyadagi elchilari, shuningdek, BMTning Nyu-York va Jenevadagi tashkilotlaridagi (2021-yildan boshlab bir vaqtning oʻzida AQSHdagi elchisi) doimiy vakili tayinlangan.

Isroil Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlayotgan Zexavit Ben-Gilel Eduard Shapiraning oʻrnini egallaydi. E.Shapira 2018-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirgan edi.

Zexavit Ben-Gilel shu paytga qadar Isroil Tashqi ishlar vazirligi va xorijda turli diplomatik vazifalarda faoliyat olib borgan. U ingliz, ispan va nemis tillarini mukammal biladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 5-yalpi majlisida mamlakatimizning Isroildagi elchisi etib Tashqi ishlar vazirligining Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi Feruza Mahmudova tayinlangan edi.