Avvalroq Al Jazeera telekanali Isroil armiyasining G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga bergan zarbalari oqibatida halok bo'lganlar soni 63 nafarga yetganini ma'lum qilgandi.
“Isroil armiyasining G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga bergan og'ir zarbalari oqibatida kamida 100 kishi halok bo'ldi, 230 dan ortiq kishi jarohatlandi”, deb xabar bermoqda telekanal Falastin tibbiy manbalariga tayanib.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari G'azo sektori janubida Rafah shahridagi Ash-Shabura mahallasidagi nishonlarga zarbalar berganini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi ria.ru.