Bu haqda Qirg'iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Unga ko'ra, Issiq-Ko'l tumanining Bulan-Sogottu, Korumdu va Temir qishloqlari, shuningdek, “Issiq-Ko'l Avrora”, “Avrora+”, “Neptun”, “Simiram”, “Karven 4 sezona” pansionatlari sel tufayli zarar ko'rdi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, fuqaro muhofazasi xizmatlari va mahalliy aholi ishtirok etmoqda. 18-avgustdan Issiq-Ko'l va To'n tumanlarida favqulodda holat joriy etildi.
Sel oqibatida Issiq-Ko'l viloyatining ayrim yo'llarida transport harakati cheklandi, deb xabar beradi eadaily.com.