U bir kecha-kunduzda qancha miqdorda suv ichish odamning vazniga ham bogʻliq ekanini qoʻshimcha qildi.

“Insonning har bir kilogramm vazni uchun 30-35 millilitr suv meʼyor sanaladi. Masalan, men taxminan 60 kilogramm vaznga ega boʻlsam, kuniga 2 litr va 100 millilitr suv isteʼmol qilishim kerak. Bu meʼyor. Haddan ziyod koʻp miqdorda suv ichish buyrakka ortiqcha yuklama beradi”.

Diyetologning aytishicha, ob-havo harorati meʼyordan oshsa, odam koʻproq suv ichgisi keladi. Bunday holatda koʻproq suv ichish mumkin. Lekin oz-ozdan ichish tavsiya etiladi.