Issiq suv hisoblagichlari davriy qiyoslashdan oʻtkazish taʼminotchi korxonalar zimmasiga yuklandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Endilikda isteʼmolchilar issiq suv hisoblagichlarini qiyoslash uchun murojaat qilishi shart emas.
Hisoblagichlarni davriy qiyoslash vakolatli organlar tomonidan (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Bu oʻzgarish Vazirlar Mahkamasining 847-son qarori (12.12.2024) asosida joriy etildi.
Proaktiv davlat xizmatlarida murojaat talab qilinmaydi, hisoblagichlar avtomatik tarzda qiyoslashdan oʻtkaziladi.