Oʻtgan hafta davomida va ushbu haftaning boshida yoz fasli uchun qulay boʻlgan ob-havo sharoitidan soʻng, yoz yana oʻz taʼsirini boshlaydi.

13-iyulda hududlarning katta qismida havo harorati 33-36°, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 37-40° gacha atrofida boʻlishi saqlanib turadi, ertadan boshlab esa harorat koʻtariladi va 15-16-iyulga kelib 38-41° ga, janubda va choʻl hududlarda 42-43° gacha boʻladi.

Haroratning bunday koʻtarilishi Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida sodir boʻladi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.