баннер
16 Mar 2025
10:52

    Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasi tubdan isloh qilinadi

    Markazlashgan issiqlik taʼminoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yoʻqotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-100-son, 11.03.20225-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror taʼminlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5-yildagi asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

    • sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish;
    • markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulanmagan toʻrt va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga boʻlgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish.

    Quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:

    • markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmogʻi yangilanadi;
    • davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;
    • markazlashgan issiqlik taʼminoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yoʻqotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech