Qayd etilishicha, joriy yilda investitsiya dasturi doirasida respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 500,0 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.
Investitsiya dasturi doirasida respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 2025-2029-yillarda issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,632 ming km issiqlik tarmoqlarini, shu jumladan, 2025-2026-yillarda 18 ta qozonxona va 258 km issiqlik tarmoqlari yangilanadi.
Hududlardagi 8 ta qozonxona va 80 km issiqlik tarmoqlarida qurilish va modernizatsiya ishlari, 25 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qozonxona va issiqlik tarmoqlari qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 35 mingdan ortiq xonadondan iborat 1 084 ta koʻp qavatli uylar va 110 ta ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, issiqlik taʼminoti tizimini “yopiq” tizimga oʻtkazish uchun qoʻshimcha 50 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratiladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta loyiha, jami quvvati 756 MVt boʻlgan 8 ta qozonxona va 403 km issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 2 105 ta individual issiqlik punktlarini oʻrnatish rejalashtirilgan.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 83 mingdan ortiq xonadondan iborat 1 850 ta koʻp qavatli uylar va 418 ta ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi taʼminotini yaxshilash koʻzda tutilgan.
Joriy yilda davlat-xususiy sheriklik asosida Nukus va Buxoro shaharlari issiqlik taʼminoti tizimlarida bir vaqtning oʻzida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarga start beriladi.
Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududlardagi 121 mingdan ortiq xonadondan iborat 2 634 ta koʻp qavatli uylar va 480 ta ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi taʼminotini yaxshilash koʻzda tutilgan.








