Unga koʻra, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 soʻm/Gkal mikdorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun chakana tariflar kuyidagilar uchun avvalgi narxlarda koladi:

aholi uchun – 91 ming 960 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda);

kichik, oʻrta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda).

Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 soʻm/Gkalni tashkil kiladi.

Narxlar eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun oʻtib, yaʼni 2022-yil 21-oktyabrda kuchga kiradi.

Bazaviy va chakana tariflar oʻrtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.