Namangan tumanida yashovchi fuqaro Oʻ.Z.ning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan oʻrganildi.

Murojaatda yozilishicha, 2020-yili isteʼmolchi qoʻshimcha daromad olish uchun yashab turgan xonadonida imtiyozli kredit asosida 5 million 800 ming soʻmlik issiqxona qurdirgan. Ammo taʼminotchi qurilishda sifatsiz materiallarni ishlatgani sababli issiqxona foydalanishga yaroqsiz xolatga kelib qolgan.

Yana bir murojaatda aytilishicha, Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi fuqaro U.B. 2020-yil 21-yanvarda tuman markazida joylashgan “Toʻrtkoʻl Navigator” MCHJdan Urganch-Vnukova, Vnukova-Urganch yoʻnalishi boʻyicha aviareysga 2 million 284 ming soʻmga chipta xarid qilgan. Biroq pandemiya sababli reyslar qoldirilgan. Shunda isteʼmolchi aviakassaga borib chipta pulini qaytarishni soʻraganida sotuvchi turli bahonalar bilan pulni qaytarib bermagan.

Muborak tumanida yashovchi fuqaro D.M. yoʻllagan murojatda qayd etilishicha, isteʼmolchi tuman markazida joylashgan “Bunyos brend-biznes” xususiy korxonasiga qarashli “Indesit” savdo doʻkonidan 3 million soʻmga “Indesit” rusumli muzlatkich sotib olgan. Oradan besh oy oʻtgach, muzlatkich dvigateli shovqin chiqaradigan boʻlib qolgan. Fuqaro muzlatkichni almashtirib berishni soʻrab bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq sotuvchi uni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Mazkur murojaatlarning oʻrganilishi natijasida isteʼmolchilarning qonuniy haq-huquqlarini taʼminlashga erishildi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.