Maʼlum qilinishicha, fuqaro Q.J. oʻziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Tekshiruv jarayonida Q.J. oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlib, ushbu pullar hisobidan 3 mln soʻmni oʻz ixtiyori bilan taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.