Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumani “Gʻ.Yoqubov” massivi rahbari N.S. ushbu massivda joylashgan “O.A.” fermer xoʻjaligiga qarashli yer maydonining 30 sotixini fuqaro A.ning nomiga “Issiqxona” qurish hamda qishloq xoʻjaligi elektron xaritasini yaratib, keyinchalik kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.