Issiqxona xo'jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi

    Shuningdek, issiqxona xo'jaliklarini aylanma mablag' bilan ta'minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

    “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori Prezident qarori (PQ–413-son, 02.11.2022-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra:

    - Issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi;

    - Issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi;

    - Issiqxona xoʻjaliklarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Bunda mazkur kreditlar Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan byudjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi;

    - Issiqxona xoʻjaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablagʻlar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi. Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yigʻib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi;

    - Issiqxona xoʻjaliklariga tabiiy gaz boʻyicha toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.