Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2022 yilda issiqxona mahsulotlari yetishtirish hajmi 2021 yilga nisbatan 11,1 foizga, issiqxona pomidorlari yetishtirish esa 26 foizga oshgan. Shu bilan birga, issiqxona mahsulotlarining umumiy hajmida pomidorning ulushi sezilarli darajada oshgan.
«East Fruit» ekspertlarining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga tayanib maʼlum qilishlaricha, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston issiqxonalarida 301 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, uning 211 ming tonnasi pomidor mahsuloti hissasiga to‘g‘ri keladi.
Maqolada qayd etilganidek, issiqxona mahsulotlarining umumiy hajmida pomidorning ulushi 2022 yilda 61,6 foizdan 70,1 foizga oshgan.
“Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 3 ming 157 fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari issiqxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ular tasarrufidagi issiqxonalarning umumiy maydoni 6 ming 300 gektarni tashkil etadi”, deb yozadi «East Fruit» portali.