Turkiya metropolidagi suv omborlari normasi 868,7 million kub metr suvni tashkil qiladi. Avvalroq "Milliyet" gazetasi Istanbuldagi omborxonalarda 1 oydan ko‘proq kunga yetadigan suv qolgani haqida xabar bergan edi. Ekspertlarning fikricha vaziyat xavotirli.
Shahar meri Ekrem Imomog‘lu aholini suvni tejab foydalanishga chaqirdi. Maʼlumotlarga ko‘ra Istanbul aholisi kuniga 3 million kub metrdan ortiq suv isteʼmol qiladi.
Sentyabr oyi oxirida Istanbuldagi suv zaxiralari 22,99 foizga kamaygani xabar qilingandi. Bu 2014 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Avgust oyida shahar rasmiylari aholini mashinalarini yuvmaslikga va maishiy ehtiyojlar uchun kamroq suv ishlatishga chaqirgan. Avgustning 20-kunidan boshlab bog‘ va maysazorlarni sug‘orish uchun suv berish vaqtinchalikka to‘xtatilgan.