Xalqaro migratsiya tashkiloti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mazkur uchrashuvda “Olmaota jarayoni” yangi raisi strategiyasini taqdim etish, Turkiya Respublikasi raisligidagi 2021-2022-yillarga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash, Markaziy Osiyoda migratsiya bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlari kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan migratsiya jarayonlarini tartibga solish, noqonuniy mehnat migratsiyasini bartaraf etish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.