Shundan soʻng u yordam soʻrab, Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qiladi.
«Fuqaroga konsullik-huquqiy va tashkiliy yordam koʻrsatilib, uning Vatanga qaytishi taʼminlandi«, — deya xabar beradi Bosh konsulxona.
Qayd etilishicha, avia chipta xarajatlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi tomonidan qoplab berilgan.
Bosh konsulxona xorijga ishlash maqsadida kelayotgan fuqarolarni barcha hujjatlarni qonuniy tartibda rasmiylashtirishga, tekshirilmagan va shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirdi.