Ma'lum bo'lishicha, 2023-yil 4-iyul kuni Istanbul shahri Chekmekoy tumani Chamlik mahallasida 4 qavatli binoning 1-qavatida istiqomat qilgan uyda tabiiy gaz portlashi natijasida tanasining ma'lum qismi kuyishi oqibatida O'zbekiston Respublikasi fuqarosi M.Gulomova Istanbul shahar shifoxonasiga olib borilgan.

Bosh konsulxona tomonidan Chekmekoy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shifoxona xodimlari bilan aloqa o'rnatildi. Vatandoshimiz hozirgi vaqtda jonlantirish bo'limida ekanligi ma'lum bo'ldi.