Mamlakatimizning Istanbuldagi (Turkiya) Bosh konsulimiz Alisher Botirovning maʼlumotiga koʻra, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qoʻyilgan maxsus aviareysida uchib kelgan yoʻlovchilar orasida 2 nafar yosh bola, shuningdek 4 nafar chet ellik mutaxassislar ham bor.

Toshkentga asosan yosh bolali hamda homilador ayollar, shuningdek, nogironlar, Turkiya shifoxonalarida davolangan bemorlar, hamda yoshi ulugʻ fuqarolarimiz uchib kelishgan.

Barcha uchib kelganlar belgilangan tartibda 14 kunlik karantinni oʻtaydilar.

Aniqlangan jadvalga muvofiq, shu hafta davomida 29-iyulga yana Anqaradan va 30-iyulda Istanbuldan aviareys amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.