“Iste'dodlar kamalagi”da eng iste'dodlilar aniqlanadi

    Sirdaryo viloyatida 29-30-entyabr kunlari “Iste'dodlar kamalagi” ko'rik tanlovining respublika bosqichi o'tkazilmoqda.

    Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 50 nafarga yaqin yoshlar estrada, an'anaviy va opera xonandaligi, cholg'u ijrochiligi, tasviriy va amaliy san'at, dizayn va adabiyot yo'nalishlarida mahoratini ko'rsatmoqda.

    Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida tanlovning ochilish marosimi tantanali ravishda tashkil etildi. Madaniy kontsert dasturidan so'ng ko'rik tanlovning respublika bosqichi boshlandi. Hozirda tanlov qizg'in davom etmoqda.