Namangan viloyati CHortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Hamzaeva nomidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi "Halol rizq quyonchilik fermasi" fermer xo'jaligi bilan 2020 yil 20 avgust kuni tuzilgan shartnomaga asosan, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini ololmay kelayotganini qayd etgan. Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan o'rganilib, 25 150 000 so'mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste'molchi foydasiga undirib berildi.
Murojaatlardan yana biri Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillaboevaga tegishli. Unda yozilishicha, iste'molchi issiqxona bilan shug'ullanish maqsadida Xalq bankining Uychi tumani filialidan kredit olgan. Ta'minotchi uyiga kelib 5 million 800 ming so'mlik issiqxona qurib bergan, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgan. Fuqaro mazkur holat yuzasidan ta'minotchiga bir necha murojaat qilgan. Ammo u turli vajlar bilan issiqxonani ta'mirlashni ortga surgan. Mazkur murojaat o'rganilib, ta'minotchining iste'molchiga tegishli issiqxonani bepul ta'mirlab berishiga erishildi.
Iste'molchi doim haq
Iste'molchilar haq-huquqlarining poymol qilinishi bilan bog'liq hodisalar yangilik emas. Zotan hech kim bunday noxush holatdan kafolatlanmagan. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar iste'molchilar huquqlarini ta'minlab, haqini undirib bermoqda.
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunligini bildirdi
- AQSh davlat kotibi Samarqandga keldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Moturidiy bobomizning ming yil avval yozgan asarlari bugun ham dolzarb”
- Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik qurilmoqda
- Birinchi Prezident maqbarasi ziyorat qilindi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifni Imom Buxoriy maqbarasi ziyoratidan boshladi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
- Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi