Fuqaroning aytishicha, u Yozyovon tumani Andijon koʻchasi 2-uyda joylashgan “AS-FERGANA SERVIS” shoʻba korxonasiga tegishli avtosalon bilan metan gaz uskunasi oʻrnatilgan, qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulov sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan. Lekin avtosalon maʼmuriyati “Oʻzavtomotors” tomonidan gaz uskunasi oʻrnatish bekor qilingani sababli shartnoma bekor qilib, avtoulovni berilmasligini maʼlum qilgan.

Ushbu shikoyat boʻyicha Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy jamiyati xodimlari tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablaridan kelib chiqib tushuntirish ishlari olib borildi. Tushuntirish ishlari yakuniga koʻra isteʼmolchining xuquqi  tiklanib 9 kunda qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulovni olishiga erishildi.