Unda yozilishcha, isteʼmolchi, 2015-yili dala maydonida SE303 rusumli suv nasosi oʻrnatgan. Toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelganiga qaramay, unga tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 9 million 443 ming soʻmlik asossiz qarzdorlik hisoblangan. Fuqaro arizasida ushbu qarzdorlikka Koson TETK xodimlarining masʼuliyatsizligi sabab ekanini qayd etgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-qarorida isteʼmolchi elektr sarfi haqida hisobot topshirmagan taqdirda, TEKT xodimlari oxirgi sutkalik sarfga qarab koʻrsatkichni dasturga kiritishi kerakligi koʻrsatilgan. Federatsiya xodimlari tomonidan ushbu murojaat oʻrganilganda, noreal qarzdorlik 2019-yildan buyon mavjud boʻlib, hanuzgacha oʻchirilmagani aniqlangan. MIB xodimlari va elektr taʼminoti masʼullari noreal qarzdorlikni dasturdan oʻchirish boʻyicha xulosa qilgan boʻlsa-da, qarzdorlik dasturdan oʻchirilmagan.
Shundan soʻng federatsiya xodimlari tomonidan Koson tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud qaroriga asosan, isteʼmolchining uch yildan beri boʻynida turgan qarzdorlik asossiz deb topildi va dasturdan oʻchirish boʻyicha qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.