Yurtimizda inson huquqlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlar kelgusida yana-da samarali davom etishini alohida taʼkidladi.
Mana shu islohotlarga hamohang tarzda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham inson huquqlari, xususan, isteʼmolchilik madaniyati va isteʼmolchilar bilan ishlashning yangi tizimini amaliyotga joriy etmoqda.
Jumladan, mahallabay ishlash tizimini joriy etish maqsadida mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida joylashgan mahalla aholisining sharoitidan kelib chiqib, har bir xonadonga tikuv mashinalari, payvandlash va qadoqlash uskunalari, xonaki parrandalar berildi. Shuningdek, mahalladagi 120 ta xonadonga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda elektr hisoblagichlar oʻrnatib berildi. Shu bilan birga yangi qurilgan xonadonlarga elektr simlar tortildi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilar muammolarini tezkor hal etish uchun oʻttizta “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy majmuasi qurilib foydalanishga topshirildi. Yana 81 ta barcha qulayliklarga ega “Isteʼmolchilar uyi” maʼmuriy kompleksini qurish rejalashtirilgan.
Aniq rejalashtirish, kuchli qatʼiyat va uzoqni koʻra bilish salohiyatiga ega Prezidentimizning maʼruzasi yurtdoshlarimiz qalbidagi ishonchni yana-da mustahkamladi. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyoti, islohotlar jarayonida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Zero, davlatimiz rahbarining halq bilan izchil muloqot qilayotgan xalqparvar, yurt ravnaqi, taraqqiyoti uchun yechim izlayotgan iqtisodchi, xalq farovonligi, insonlarning emin-erkin yashashi uchun fidoyilik qilayotgan islohotchi, oliy minbarlarda turib, yurtimiz kelajagi uchun izlanayotgan siyosatchi sifatida olib borayotgan faoliyatini alohida eʼtirof etish lozim.
Jahongir SARIMSOQOV,
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi raisi