Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020-yil 29-iyuldagi 5-sonli yigʻilishi qaroriga asosan 2020-yilning 14-avgustidan eʼtiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish boʻyicha elektroenergetika sohasi korxonalari oʻrtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan.
Ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi sohaviy muassasalar oʻrtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor boʻlib, oqibatda elektr energiyasining isteʼmolchilarga yetkazib berish tariflariga taʼsir koʻrsatmaydi, yaʼni narxlarning oshishiga sabab boʻlmaydi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.