O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Iste'molchilar uyi” loyihasi  doirasida, Farg'ona tajribasi asosida, bugungi kunda mamlakatimizning o'ttizdan ortiq tuman va shahrida “Iste'molchilar uyi” ma'muriy komplekslari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Jumladan, viloyatning Oltiariq, Bag'dod, Rishton, Farg'ona, Qo'shtepa, Dang'ara tumanlari hamda Marg'ilon va Farg'ona shaharlarida "Iste'molchilar uyi" ishga tushirildi.

Bugun federatsiya raisi J.Sarimsoqov Dang'ara, O'zbekiston, Furqat, Buvayda, Toshloq, YOzyovon, Quva tumanlari hamda Qo'qon va Quvasoy shaharlarida bo'lib, mazkur loyiha doirasida qurilishi rejalashtirilayotgan “Iste'molchilar uyi” ma'muriy komplekslari bo'yicha tuman va shahar hokimlari bilan  muzokaralar o'tkazdi. Federatsiyaning ushbu loyihasi tuman va shahar hokimliklari tomonidan qo'llab-quvvatlandi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.