Shtab Qoʻngʻirot kompressor stansiyasida boʻlib, bu yerdagi sexlar faoliyatini koʻzdan kechirdi. Bugungi kunda 270 nafar xodim mehnat qilayotgan ushbu stansiyada 12 ta agregat mavjud. Shuningdek, 1 gektar maydonda joylashgan murakkab texnologik qurilma – gaz quritish uskunasi va turli oʻlchamdagi qariyb 500 kilometr magistral gaz quvurlariga xizmat koʻrsatiladi. Ayni kunlarda 3 ta agregat ish holatida, 7 tasi zaxirada va 2 tasi joriy taʼmirlanyapti.

Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston respublikasi isteʼmolchilariga 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida jami 1679,9 million kub/metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu oʻtgan mavsumga nisbatan 34,0 million kub/ metrga yoki 2,1 foizga koʻpni tashkil qiladi.

Qoraqalpogʻiston respublikasi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 8911,5 km boʻlgan gaz quvurlari va 5141 ta gaz taqsimlash punktlaridan foydalaniladi.

Shu kunga qadar umumiy uzunligi 2,5 km boʻlgan gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, 5 141 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan oʻtkazildi.

Joriy yil 1-oktyabrdan boshlab isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida qoʻshimcha 17 ta maxsus texnika va 68 nafar xodimlardan iborat, 17 ta brigada faoliyat yurita boshlaydi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.