2023-yil 1-dekabr holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 47,8 trln so‘mlik 1 269,9 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 253,2 mln dona elektron chek uchun 110,1 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 161 ta. Jumladan:

- Elektron to‘lov tizimlari – 49 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 35 ta (71%);
Integratsiya jarayonida  – 5 ta (10%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 9 ta (19%).

- Bank mobil ilovasi – 35 ta
To‘liq integratsiya qilingan  – 29 ta (83%);
Integratsiya jarayonida  – 4 ta (11%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan)  – 2 ta (6%)

- Internet do‘konlar – 77 ta
To‘liq integratsiya qilingan  – 48 ta (62%);
Integratsiya jarayonida  – 21 ta (27%);
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 8 ta (11%).