Maxsus shtab tomonidan omborxonalar holati oʻrganilgach, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston respublikasi isteʼmolchilariga 2020/2021-yillar kuz-qish mavsumida jami 65,5 ming tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib beriladi. Bu oʻtgan mavsumga nisbatan 26,2 ming tonnaga yoki 67 foizga koʻpni tashkil qiladi.

Shundan, aholi isteʼmolchilariga 56 ming tonna va ijtimoiy soha obyektlariga 9,5 ming tonna koʻmir va briket mahsulotlari yetkazib beriladi. 

 

Qoraqalpogʻiston respublikasi isteʼmolchilariga barqaror va sifatli koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish uchun 6 ta koʻmir ombori, 6 ta avtoyuklagich, 7 ta yuk avtotransporti va 6 ta avtotarozidan foydalaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati