Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi fuqaro G'.Davletov tomonidan 2021-yil 7-may kuni  O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.

Unda ta'kidlanishicha, iste'molchi G'.Davletov Urganch shahrida joylashgan “Orient Avto Lizing” MCHJ bilan 2020-yil 15-oktyabr kuni Davletov Farxod nomiga Damas rusumli mashinaga 28.087.269  (yigirma sakkiz million sakson etti ming ikki yuz oltmish to'qqiz ) so'm to'lov qilib shartnoma imzolagan. Biroq ushbu mashina shartnoma muddati o'tganidan keyin xam kelmaganidan norozi bo'lgan fuqaro pulini qaytarib berishlarini so'rab, ariza bilan murojaat qilganida xam puli qaytarib berilmagan.

Murojaatdagi holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Federatsiyaning Urganch shahar jamiyati “Orient Avto Lizing” MCHJ xodimlari va iste'molchi bilan birgalikda o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish natijasiga ko'ra, 28.087.269  (yigirma sakkiz million sakson etti ming ikki yuz oltmish to'qqiz)  so'm pul mablag' iste'molchiga olib berilishiga erishildi.

Shuningdek, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fukaro B.Baxtiyorjonov tomonidan kelgan murojaatda iste'molchi, Andijon shaxrida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Kazixajayev Xayotillo Lutfulayevichdan savdo do'konidan  SAMSUNG A 71 rusumli telefonni  4.500.000 (to'rt million besh yuz ming) so'm evaziga sotib olgan. Oradan bir kun o'tib esa 1170 rakamidan IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida sms xabarnoma kelgan. Sotuvchiga bu haqda murojeaat qilgan, biroq u hech kanday muammo yo'qligi, telefon allaqachon ro'yhatdan o'tkazilganini aytib o'tgan. Biroq, iste'molchi oradan biroz vaqt o'tib, telefon umuman ishlamay qolganligini aytib o'tgan. Mazkur murojaat Federatsiya mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida telefon xuddi shu rusumdagi yangi telefonga almashtirib berilishiga erishildi.

O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi axborot xizmati