Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Bektemir tumani boʻlimi sanitariya-gigiyenasi boʻlinmasi mutaxassislari tomonidan tumandagi “Qoʻyliq” AJ dehqon bozorida bozor maʼmuriyati xodimlari ishtirokida belgilangan tartibda sanitariya nazorati oʻtkazildi.
Nazorat davomida sifati buzilgan mahsulotlar savdosi aniqlandi. Jumladan:
— 6,5 kg. kolbasa mahsuloti (indeyka);
— 1,5 kg. sosiska mahsuloti;
— 23 kg. karam tuzlamasi isteʼmolga yaroqsiz deb topildi va savdosi bekor qilinib, oʻrnatilgan tartibda bartaraf etildi.
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan bozor maʼmuriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish hamda uni oldini olish boʻyicha tegishli tavsiyanomalar berildi. Profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Yashnobod tumani boʻlimi xodimlari tumandagi “Aviasozlar” dehqon bozorida sanitariya nazorat ishlari olib bordi.
Nazorat davomida soha xodimlari tomonidan bozor hududida nomaʼlum uy sharoitida tayyorlangan jami 22 litr sut mahsulotlari savdosi bartaraf etildi.