Anjumanda Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog'iston, Tojikiston, Hindiston, Ozarbayjondan OTM rektorlari va olimlar ishtirok etdi.
Konferentsiya ochilishida viloyat hokimi o'rinbosari S.Salaev, institut rektori F.Madrahimova, Bartin universiteti rektori O.Uzun, Dog'iston davlat pedagogika universiteti prorektori I.Dibirov hamda Glazovsk davlat muhandislik pedagogika universiteti prorektori E.Kalinina, Xitoyning SHensi pedagogika universiteti vakili YU.Xexua va boshqalar ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida Turkiyaning Bartin universiteti rektori O.Uzun, Dog'iston davlat pedagogika universiteti prorektori I.Dibirov va Glazovsk davlat muhandislik pedagogika universiteti prorektori E.Kalininaga Urganch davlat pedagogika instituti faxriy professori unvoni topshirildi. SHuningdek, boshqa xorijiy va mahalliy mehmonlarga xalqaro anjumandagi faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar taqdim etildi.
Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta'lim bilan qamrovni oshirish borasida izchil chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham ushbu islohotlar samarasi hamda istiqboldagi yangi loyihalar debochasidir, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.
Hamkorlik materiali